Kontent qismiga oʻtish

Bertha Beckmann

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bertha Beckmann

1850-yil Bertha Beckmann avtoportreti
Tavalludi 29-yanvar 1815-yil (1815-01-29) (209 yosh)
Vafoti 6-dekabr 1901-yil(1901-12-06)
(86 yoshda)
Leipzig
Fuqaroligi Prussiya qirolligi
Kasbi fotograf

Bertha Wehnert-Beckmann (1815-yil, 25-yanvar – 1901-yil, 6-dekabr) – mashhur nemis fotografi. Bertha Germaniyaning birinchi professional ayol fotografi boʻlgan, shuningdek, Brita Sofia Hesselius va Geneviève Elizabeth Disdéri bir necha yil oldin tanilgan dunyodagi birinchi professional ayol fotograf boʻlgan. Eri bilan birgalikda 1843-yilda Leypsigda studiya ochdi va 1847-yilda turmush oʻrtogʻinig vafotidan soʻng biznesni oʻzi boshqargan[1].

Wehrnert-Beckmann Prussiya qirolligining Brandenburg viloyatidagi Cottbus shahrida tugʻilgan. Birinchi marta 1839-yilda Drezden shahrida sartarosh boʻlib ishlagan. U yerda 1840-yilga kelib, boʻlajak turmush oʻrtogʻi fotograf Eduard Wehnert (1811-1847) bilan uchrashdi, Eduard Wehnert uni dagerotipiya jarayoni bilan tanishtirdi, bu esa koʻp miqdorda bosma nashrlar tayyorlashga imkon edi[2].

1843-yilda Beckmann turmush oʻrtogʻi bilan Leypsigda studiya ochdi va Germaniyaning birinchi taniqli professional ayol fotografiga aylandi. 1847-yilda eri vafotidan keyin biznesni oʻzi boshqarishni davom ettirdi. 1849-yilda Beckmann AQShga joʻnab ketdi va Nyu-Yorkda oʻz studiyalarini ochdi, dastlab „62 White Street“ koʻchasida va keyinroq „385 Broadway“ koʻchasida. Amerikada boʻlganida Beckmann portret fotografiyasi boʻyicha maxsus xizmatlar uchun guvohnoma oldi. Beckmann 1851-yilda Nyu-Yorkdagi biznesini akasiga topshirib, Leypsigga qaytib keldi. 1866-yilda Beckmann oʻz biznesini Leypsigning Elsterstraße shahriga koʻchirdi, u yerda Beckmannning qoʻlida bir nechta xodimlari bor edi. Uning studiyasi shahardagi eng taniqli manzillardan biriga aylandi. Beckmann 1883-yilda 68 yoshida nafaqaga chiqdi[1][3].

Beckmann dagerotipiya fotografik jarayonida ishlagan. Leypsig shahar tarixi muzeyida joylashgan uning ishini aks ettiruvchi koʻrgazma fotografiyaning dastlabki tarixiga qoʻshgan eng qimmatli hissalardan biri boʻla oladi. Beckmann oʻz ishining eng zamonaviy tendentsiyasini kuzatib bordi, jumladan, „stereo-photography“ kashf qilingandan soʻng uni qunt bilan oʻrgandi[4].

Wehnert-Beckmann oʻzining studiyasidan olgan fotosurati. 1850-yil

Koʻrgazmalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Wehnert-Beckmann 1854-yilda Münchenda boʻlib oʻtgan Erste Allgemeine Deutsche Industrieausstellung (Birinchi nemis sanoat yarmarkasi)da Saksoniyadan kelgan ikkita fotosuratchidan biri boʻlib, u yerda dagerotipiyadan tashqari qogʻoz bosmalarini ham namoyish etdi[2]. Bugungi kunda uning asarlarini Leyspigdagi shahar muzeyida koʻrish mumkin[1].

Uning ijodida insoniy yondashuv yuqori darajadagi sanʼat va texnik sifat bilan uygʻunlashgan[2]. Portretlarga ixtisoslashgan eng taʼsirchan asarlarida bolalar suratga olingan. Beckmannning yangi usul va innovatsiyalarga boʻlgan qiziqishi, zamonaviy reklama usullaridan foydalanishi va ishbilarmonligi uning fotografligiga katta muvaffaqiyatiga erishshiga hissa qoʻshdi[1].

Nyu-Yorkda yashaganida, prezident Millard Fillmor, elchilar va boshqa siyosatchilar va taniqli odamlar suratga tushish uchun uning oldiga kelishardi. Leypsigdagi studiyasiga qaytgach, u oʻz shahrida birinchi boʻlib yalangʻoch fotosuratlarni ishlash bilan shugʻullana boshladi. Shuningdek, u oʻz shahriga qaytgach, fotosuratlar portfeliga mashhur shaxslar rasmlarini qoʻshdi. Bu shaxslar orasida Clara Schumann, Johannes Brahms, Franz Dominic Grassi, Karl Heine va boshqalar bor edi. Bundan tashqari, Beckmann Leypsigning (1855-1860) birinchi meʼmoriy fotosuratlari bilan mashhur boʻlib, ular Pyotr darvozasi (1860) kabi baʼzilari vayron boʻlgunga qadar shahar va uning xususiyatlarini hujjatlashtirgan[5].


  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Nicole Schönherr, Straßennamen in Dresden – Reine Männersache? Landeshauptstadt Dresden. Der Oberbürgermeister, Gleichstellungsbeauftragte für Frau und Mann, Dresden 2005, page 32. (olmoncha) Retrieved 8 March 2013.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Bertha Wehnert-Beckmann (1815 –1901)“, Deutsches Historisches Museum. (dancha) Retrieved 8 March 2013.
  3. „Bertha Wehnert-Beckmann“, Luminous Lint. Retrieved 8 March 2013.
  4. „The Female Photographer - Stadtgeschichtliches Museum Leipzig“. www.stadtgeschichtliches-museum-leipzig.de. Qaraldi: 2018-yil 29-mart.
  5. „The Female Photographer - Stadtgeschichtliches Museum Leipzig“. www.stadtgeschichtliches-museum-leipzig.de. Qaraldi: 2018-yil 29-mart.