Bernstayn Leonard

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bernstayn Leonard (1918.25.8, Lorens, Massachusets shtati — 1990.14.10, NyuYork) - AKSH kompozitori, pianinochisi, dirijyor, musiqa targʻibotchisi. 1943-yildan boshlab NyuYorkdagi simfonik orkestrlarni boshqarib, Amerika, Yevropa va Osiyo mamlakatlarida gastrollarda boʻlgan. 1954-yildan teleekran orqali doimiy suhbatlar uyushtirib, jahon musiqasi durdonalarini izchil targʻib qilib kelgan. Kompozitor sifatida B. deyarli barcha janrlarda ijod qilgan. B.ning mashhur myuzikllari orasida "Vestsayd hodisasi" (1957) koʻp mamlakatlarda sahnalashtirilgan, uning asosida film yaratilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil