Bernini Jovanni Lorenso

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

BERNINI Jovanni (Jan) Lorenso (1598.8.12, Neapol1680.12.11, Rim) — italiyalik meʼmor va haykaltarosh, barokko uslubining yirik vakili. B. yaratgan meʼmoriy obidalar oʻzining keng fazoviy makonni egallashi, dabdabali va serbezakligi, perspektiva imkoniyatlaridan erkin va dadil foydalanilgaii hamda sanʼatlar uygʻunligining yaxlitligi bilan ajralib turadi (Rimdagi Sant Andrea al Kvirinale cherkovi, 1653—58; Avliyo Pyotr maydoni majmuasi, 1657—63). Bular Rimning meʼmoriy qiyofasini shakllanishida muhim rol oʻynaydi. Oʻz ijodida meʼmorlik va haykaltaroshlikni oʻzaro uygʻunligiga intildi, shu maqsadda turli xom ashyo, rang berish, nur imkoniyatlaridan unumli foydalana oldi (Avliyo Pyotr sobori ichki bezaklari va undagi Avliyo Pyotr minbari, 1657—66), haykaltaroshlikda marmarga ishlov berib, silliqlab yaratilgan asar taʼsirchanligini oshirishga muyassar boʻldi, naturaga juda oʻxshashini taʼminlab, odam terisiga xos mayinlik va yaltiroqlik, matolarning oʻziga xos sifatini nihoyatda ustalik bilan koʻrsata oldi. B. ijodida barokko dabdabali portretining oʻziga xos turi shakllandi, u haqqoniyligi, oʻtkir ruhiy holati va bezaklarga boyligi bilan ajralib turadi ("Lyudovik XIV", marmar, 1665). B. ijodi 17—18-asrlar Yevropa sanʼatiga katta taʼsir koʻrsatdi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil