Berkshir choʻchqa zoti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

BERKSHIR CHOʻCHQA ZOTI — Angliyaning Berkshir grafligida 18-asr oxirida mahallin choʻchqa zotini Neapol, portugal, xitoy choʻchqa zotlari bilan chatishtirish natijasida yetishtirilgan. Goʻsht va yogi (sala) uchun boqiladi. Tana tuzilishining yirikligi va tez yetilishi bilan boshqa zotlardan ajralib turadi. Voyaga yetgan erkagining vazni 220– 250 kg. Ona choʻchqalarning vazni 180– 200 kg. Har gal 8—9, ayrimlari 10—13 bola tugʻadi. Yaylovda boqishga moslashgan. Berkshir choʻchqa zoti z. jahondagi koʻpgina mamlakatlarga tarqalgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil