Bering Vitus Ionassen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bering Vitus Ionassen (Ivan Ivanovich) (1681 — 1741.8.12) — dengizchi sayyoh, kapitankomandor. Asli daniyalik, 1703 yil rus flotiga taklif qilingan. 1724 yilgacha Boltiq va Azov dengizlari flotlarida xizmat qilgan. B.ga 1725 yilda Osiyo bilan Amerika quruqlik orqali tutashganligi yoki boʻgʻoz orqali ajralganligipi anik^ash vazifasi topshirilgan. IKamchatka ekspeditsiyasi (1728—30)ga boshliq qilib tayinlangan. Ekspeditsiya Chukotka yarim oroli bilan Alyaska oraligʻidagi boʻgʻoz (keyinchalik B. nomiga qoʻyilgan) orqali 67° 18’ gacha suzib oʻtib yana orqaga qaytadi. B. 1733 yil 2Kamchatka ekspeditsiyasiga boshliq qilib tayinlandi. 1741 yil 17 iyulda B. dengiz orqali Shim. Amerika sohillariga yetib bordi. Aleut o.laridan baʼzilarini kashf qildi. Orqaga qaytishda Kamchatka sharqidagi orollardan biri (hozirgi Bering o.) da qishladi va oʻsha yerda vafot etdi. B. nomiga Tinch okean shim.dagi dengiz, boʻgʻoz va orol qoʻyilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil