Berezniki
Jump to navigation
Jump to search
Berezniki (1933 yilgacha Usolye-Solikamskoye) — RF Perm viloyatidagi shahar (1932 yildan). Kama suv ombori sohilidagi port. Berezniki stansiyasi. Aholisi 197,6 ming kishi (1999). Shahar yaqinida 17-asrdan ishga tushirilgan osh tuzi, kaliy va magniy tuz konlari bor. Kime sanoati markazi ("Uralkaliy", "Soda", "Azot" ishlab chiqarish birlashmalari, kimyo zavodi va boshqalar), titanmagniy k-ti, elektrotexnika, metallsozlik, oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalari mavjud. Drama teatri, oʻlkashunoslik muzeyi bor. 16 asrdayoq tuz olingan. 1883 yilda Rossiyada birinchi soda zavodi qurilgan.
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |