Ber qonuni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Ber qonuni — daryolarning oqish qonuniyatini aks ettiradigan qonun. 1857-yilda rus tabiatshunosi K. M. Ber topgan. Daryolar Shim. yarim sharda oʻng tomonga, Jan. yarim sharda chap tomonga burilishga intilib oqadi. Shu tufayli, daryolar qaysi tomonga oqishidan katʼi nazar, Shim. yarim sharda daryoning oʻng qirgʻogʻini, Jan. yarim sharda chap qirgʻogʻini koʻproq yuvib boradi. K. M. Ber bu hodisa Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishi taʼsiri ekanligini isbot qildi. Nazariy mexanika krnunlaridan maʼlumki, aylanayotgan sistemada harakat qilayotgan jism Koriolis tezlanishi deb ataladigan qoʻshimcha tezlanishga uchraydi. Shim. yarim sharda bu tezlanish asosiy harakatdan oʻng tomonga, Jan. yarim sharda esa chap tomonga yunaladi. Bu tezlanish yuqori kengliklarda kuchli boʻladi, ekvatorga tomon kamaya borib, ekvatorda nulga tenglashadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil