Beppu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Beppu — Yaponiyadagi shahar. Aholisi 130 ming kishi (1990). Kyusyu o.ning shim.sharqidagi port. Rangli metallurgiya, kimyo, toʻqimachilik sanoati korxonalari bor. Shahar va uning atrofida sulfidli, natriyxlorli va boshqa xil issiq (100°) mineral buloq koʻp. Balneologiya va vulkanologiya ilmiy tadqiqot institutlari mavjud. Turizm rivojlangan. Bemorlar issiq va nam qumga kumilib davolanadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil