Benzidin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Benzidin — (4,4diaminodifen i l ), H2NC,,H4CrH4NH2 organik birikma, aromatik diamin. Mol. m. 184,23. Rangsiz yaltiroq kristallar. Havoda va yorugʻlik taʼsirida qorayadi. Suyuqlanish temperaturasi 128°, qaynash temperaturasi 401,7°. Suvda 0,4% (12°da), efirda 2,2% (15°da), etanolda 1,0% (80°da) eriydi. Karbon va mineral kislotalar bilan tuz hosil qiladi. B.ni birinchi marta N. N. Zimin gidrazobenzolni anorganik kislotalar bilan qizdirib olgan (1845). Sanoatda nitrobenzolni ishqoriy muhitda pyx bilan gidrazobenzolgacha qaytarib, uni mineral kislotalar taʼsirida izomerlash yoʻli bilan olinadi. B. azoboʻyoqlar sanoatida xom ashyo sifatida, analitik kimyoda xrom, mis, oltin, qoʻrgʻoshin, simob va shahri k.ni aniqlashda ishlatiladi. Kanserogen xususiyati bor.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil