Benjamin Šeško

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Benjamin Šeško
Šeško 2022-yil FC Red Bull Salzburg
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 31-may 2003-yil (2003-05-31) (20 yosh)
Tavallud joyi Radeče, Sloveniya bayrogʻi Sloveniya
Boʻyi 1.95 m[1]
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
FC Red Bull Salzburg
Raqami 30
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2010—2013 NK Radeče
2013—2014 NK Rudar Trbovlje
2014—2016 NK Radeče
2016—2018 NK Krško
2018—2019 NK Domžale
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2019- FC Red Bull Salzburg 41 (10)
2019—2021 → FC Liefering (ijaraga) 44 (22)
Milliy terma jamoa
2017—2018 Slovenia U15 6 (4)
2018 Slovenia U16 4 (4)
2018—2019 U18 Sloveniya futbol terma jamoasi 14 (5)
2020 U19 Sloveniya futbol terma jamoasi 1 (0)
2021- Sloveniya milliy futbol terma jamoasi 17 (5)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(13-noyabr uchun)

Benjamin Şesko (talaffuzi: Benjamin Sheshko; 2003-yil 31-mayda tug‘ilgan) — sloveniyalik professional futbolchi, Avstriyaning Bundesliga klubi „Red Bull Salzburg“ va Sloveniya terma jamoasida hujumchi sifatida o‘ynaydi. U 2023 yilning iyulida Germaniya Bundesligasining „RB Leipzig“ klubiga oʻtadi.

Şesko Red Bull Salzburgga 16 yoshida 2019-yilda Domjale klubidan kelib qoʻshilgan edi. U Salzburg klubining FC Liefering zaxira jamoasiga ikki mavsumga ijaraga berildi va u yerda Avstriya futbolining ikkinchi ligasida 44 ta oʻyinda 22 ta gol urdi. U 2021-yil yanvar oyida Red Bull Salzburg uchun asosiy jamoa safida debyut qilgan va ikki marta Avstriya Bundesliga chempioni va bir marta Avstriya kubogini qo‘lga kiritgan.

Şesko Sloveniya terma jamoasi safida yoshlar oʻrtasidagi xalqaro miqyosda 25 ta oʻyin oʻtkazgan. U 2021-yil iyun oyida 18 yoshu 1 kunligida debyut qilgan Sloveniya terma jamoasidagi eng yosh futbolchiga aylandi. U milliy terma jamoadagi ilk golini 2021-yil oktyabr oyida urdi va bu uni Sloveniya tarixidagi eng yosh toʻpurarga aylantirdi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlabki faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Şesko oʻz faoliyatini birinchi sinfda oʻqib yurganida oʻzining tugʻilgan shahri " Radeche " klubida boshlagan[2][3]. Keyin, u Rudar Trbovlje bilan 11 yoshgacha boʻlganlar tanlovida bir yil oʻtkazdi[2][4], Radechega qaytishdan oldin[2]. 2016-yilda u Krškoga oʻtdi va u yerda 15 yoshgacha va 17 yoshgacha boʻlgan yoshlar toifasidagi musobaqada oʻynadi[5]. 2017-18- yilgi mavsumda u 15 yoshgacha boʻlganlar uchun 23 ta oʻyinda 59 ta gol urdi[5]. 2018-yilda Şesko Domjalega qoʻshildi va u yerda bir mavsum qoldi[5].

Red Bull Salzburg[tahrir | manbasini tahrirlash]

16 yoshida, 2019-yil 3-iyun kuni Şesko Red Bull Salzburg bilan uch yillik professional shartnoma imzoladi[6]. U 2021-yil 30-yanvarda Avstriya Bundesligasida TSV Xartberg ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozongan „Red Bull Salzburg“ safida debyut qildi[7].

FC Liefering klubiga ijaraga[tahrir | manbasini tahrirlash]

Red Bull Salzburg bilan shartnoma imzolagandan soʻng, u Avstriyaning Ikkinchi Ligasida ishtirok etadigan FC Liefering klubiga oʻtdi. 2020—2021-yilgi mavsumda u 29 ta oʻyinda 21 ta gol urdi va liganing ikkinchi eng yaxshi toʻpurariga aylandi[8]. U eng koʻp gollarini mavsumning soʻnggi qismida kiritgan boʻlib, soʻnggi 7 turda 13 ta gol urgan[9].

RB Leipzig[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yilning 9-avgustida RB Leipzig Şesko 2023-yil 1-iyuldan boshlab, 2028-yilgacha besh yillik shartnoma asosida, taxminan 24 million yevro evaziga o‘z safiga qo‘shilishini eʼlon qildi[10][11].

Xalqaro darajadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Şesko 2022-yil Sloveniya futbol terma jamoasi bilan (11-raqam)

Sloveniya hamda Bosniya va Gersegovina futbol terma jamoalariga kirish huquqiga ega (onasi Doboydan kelib chiqqanligi sababli)[12] Šeško 15 va 19 yoshgacha boʻlgan toifalarda Sloveniya futbol terma jamoasi sharafini himoya qildi. U 2020-yil sentyabr oyida Avstriyaga qarshi 19 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qildi[13].

2021-yilning may oyida Şesko jamoaning bosh murabbiyi Matjaj Kek tomonidan 2021-yil iyun oyida o‘rtoqlik o‘yinlariga chaqirildi[14]. U Sloveniya terma jamoasi safida 2021-yilning 1-iyunida Shimoliy Makedoniya bilan o‘rtoqlik uchrashuvida (1:1) debyut qilgan. Oʻshanda u 18 yoshu 1 kunlik edi va terma jamoadagi eng yosh debyutantga aylandi va bundan yetti yil avval Petar Stoyanovich oʻrnatgan avvalgi rekordni ortda qoldirdi[15]. 2021-yil 8-oktyabr kuni Šeško 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Malta terma jamoasiga qarshi o‘yinda Sloveniya termasi uchun ilk golini urdi va 18 yosh, 4 oy va 8 kunlik yoshida Sloveniya tarixidagi eng yosh gol muallifiga aylandi[16]. 2022—2023-yilgi UEFA Millatlar ligasi B uchrashuvlari davomida Şesko ikkita hal qiluvchi gol bilan Sloveniyaga C ligasiga tushib ketmaslikda yordam berdi. U 2022-yil 24-sentyabrda Norvegiya futbol terma jamoasi ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozongan o‘yinda golli uzatma berdi va g‘alaba golini kiritdi[17], shuningdek, uch kundan so‘ng Shvetsiyaga qarshi o‘yinda (1:1) gol urdi. Shvetsiya darvozasiga urilgan gol OAV tomonidan „ajoyib gol“ deb taʼriflangan va UEFA tomonidan oʻyin kunining eng yaxshi gollaridan biri sifatida eʼtirof etilgan[18][19][20].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klubdagi natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 13-noyabr holatiga ko`ra[21][22]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtiroki va gollari
Klub Mavsum Liga Avstriya kubogi Mintaqaviy Jami
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
FC Liefering (ijaraga) 2019—2020 Liga 2 15 1 15 1
2020—2021 Liga 2 29 21 29 21
Jami 44 22 44 22
Red Bull Salzburg 2020—2021 Avstriya Bundesligasi 1 0 0 0 0 0 1 0
2021—2022 Avstriya Bundesligasi 24 5 5 5 8 1 37 11
2022—2023 Avstriya Bundesligasi 16 5 3 2 6 0 25 7
Jami 41 10 8 7 14 1 63 18
Jami faoliyati 85 32 8 7 14 1 107 40

Xalqaro maydonda[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 20-noyabr holatiga ko`ra[23]
Terma jamoa va yil boʻyicha ishtiroki va gollari
Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Sloveniya futbol terma jamoasi
2021-yil 7 1
2022-yil 10 4
Jami 17 5
Benjamin Şesko tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
Raq. Sana Oʻtkazilgan joy Oʻyinlar Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2021-yil 8-oktyabr Milliy stadion, TaʼQali, Malta 6  Malta 4-0 4-0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi
2 2022-yil 12-iyun Stožice stadioni, Lyublyana, Sloveniya 13  Serbiya 2-2 2-2 2022—2023 UEFA Millatlar ligasi B
3 2022-yil 24-sentyabr Stožice stadioni, Lyublyana, Sloveniya 14  Norvegiya 2-1 2-1 2022—2023 UEFA Millatlar ligasi B
4 2022-yil 27-sentyabr Doʻstlar Arena, Solna, Shvetsiya 15  Shvetsiya 1-0 1-1 2022—2023 UEFA Millatlar ligasi B
5 2022-yil 17-noyabr Kluj Arena, Kluj-Napoka, Ruminiya 16  Ruminiya 1-0 2-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi

Erishgan yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Red Bull Salzburg

  • Avstriya Bundesligasi: 2020—2021-yilgi Avstriya kubogi
  • Avstriya kubogi: 2021—2022-yil

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Benjamin Sesko“ (de). FC Red Bull Salzburg. 2022-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 31-avgust.
  2. 2,0 2,1 2,2 Šašek. „Kdo je mladi nogometni biser, ki je povzročil manijo v Radečah?“ (sl). 24ur.com (2022-yil 29-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 29-sentyabr.
  3. „Nogometaš Benjamin Šeško iz Radeč debitiral pri rdečih bikih“ (sl). Posavski obzornik (2021-yil 6-fevral). Qaraldi: 2021-yil 8-iyun.
  4. „Ko se pridno treniranje spremeni v velik, a preprosto zaslužen uspeh“ (sl). Sr(e)čno Trbovlje (2013-yil 19-iyun). Qaraldi: 2022-yil 29-iyul.
  5. 5,0 5,1 5,2 „Benjamin Šeško – Statistika vseh odigranih tekem“ (sl). nzs.si. Football Association of Slovenia. Qaraldi: 2021-yil 8-iyun.
  6. „Slowenischer Youngster wechselt zu den Roten Bullen“ (de). Red Bull Salzburg. 2021-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-iyun.
  7. „Hartberg vs. Salzburg – 30 January 2021 – Soccerway“. soccerway.com. Qaraldi: 2021-yil 8-iyun.
  8. „Players – 2. Liga – Austria – Soccerway“. soccerway.com. Qaraldi: 2021-yil 8-iyun.
  9. Gruden. „Šeško in Mlakar prva strelca, Iličić pa najpodajalec Kekovih izbrancev“ (sl). RTV Slovenija (2021-yil 1-iyun). Qaraldi: 2021-yil 8-iyun.
  10. „Benjamin Šeško to join RB Leipzig in 2023!“ (en). rbleipzig.com. RB Leipzig (2022-yil 9-avgust). Qaraldi: 2022-yil 9-avgust.
  11. „URADNO: Benjamin Šeško pozira v novem klubu, mega prestop v Leipzig je končno pod streho“ (sl). Nogomania (2022-yil 9-avgust). Qaraldi: 2022-yil 9-avgust.
  12. Kadić. „Slovenci strahuju da će im BiH ukrasti 'wunderkinda'“ (bs-BA). Sportske.ba (2021-yil 1-fevral). 2021-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 1-avgust.
  13. „Mladinci slavili v Avstriji“ (sl). nzs.si. Football Association of Slovenia (2020-yil 4-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 8-iyun.
  14. „Slovenija z udeležencem Eura 2020, Kek objavil seznam“ (sl). nzs.si. Football Association of Slovenia (2021-yil 19-may). Qaraldi: 2021-yil 8-iyun.
  15. Viškovič. „Benjamin Šeško je krepko popravil slovenski rekord“ (sl). Sportklub (2021-yil 1-iyun). Qaraldi: 2021-yil 8-iyun.
  16. „Šeško med najmlajšimi reprezentančnimi strelci tudi v Evropi“ (sl-SI). Slovenski nogometni portal (2021-yil 12-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 19-oktyabr.
  17. „Slovenia – Norway 2:1 (Nations League B 2022/2023, Group 4)“ (en). worldfootball.net. Qaraldi: 2022-yil 28-sentyabr.
  18. „Soccer-Slovenia's Sesko scores wonder goal as Sweden are relegated“ (en). Reuters (2022-yil 27-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 28-sentyabr.
  19. „International football reaction – Scotland promoted“. BBC Sport (2022-yil 28-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 28-sentyabr.
  20. „Svet se klanja noremu golu slovenskega čudežnega dečka“ (sl). Siol (2022-yil 27-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 28-sentyabr.
  21. „Slovenia – B. Šeško“. Soccerway. Qaraldi: 2022-yil 13-noyabr.
  22. „Benjamin Šeško“. worldfootball.net. Qaraldi: 2022-yil 13-noyabr.
  23. „Benjamin Šeško, international footballer“. EU-Football.info. Qaraldi: 2022-yil 20-noyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]