Bender

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bender (Benderi) — Moldaviya Respublikasidagi shahar. Dnestr daryosi boʻyidagi pristan. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 133 ming kishi (1991). Bender— respublikaning sanoat markaparidan biri. Oziq-ovqat, yengil sanoat (goʻsht kombinati, yogʻ, vino, konserva zavodlari, shoyi kombinati, ip yigirish, poyabzal, tikuvchilik fabrikalari), mashinasozlik, "Moldgidrolizmash" ishlab chiqarish birlashmasi, "Elektroapparatura", kabel, kema tuzatish, kemasozlik zavodlari, yengil sanoat texnikumi, tibbiyot bilim yurti, tarixoʻlkashunoslik muzeyi suratlar galereyasi bor. Benderga 15-asrda qalʼa sifatida asos solingan. 1538 yilgacha va 1918 — 40 yillarda Tigina deb atalgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil