Bemorga yordam ko'rsatmaslik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bemorga yordam koʻrsatmaslik — qonun yoki maxsus qoidalarga muvofiq kasalga yordam koʻrsatishi shart boʻlgan shaxsning uzrli sababsiz shunday yordam koʻrsatmaganligi. Bemorga yordam koʻrsatmaslik badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, shaxs OʻzR JKnning 116-moddasiga muvofiq javobgarlikka tortiladi. "Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida"gi OʻzR Qonuniga muvofiq, tibbiyot va farmasevtika xodimlari fuqarolarga yoʻlda, koʻchada, boshqa jamoat joylarida va uyda birinchi tez tibbiy yordamni koʻrsatishga majbur[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi