Belle International

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Belle International
Turi biznes, korxona va ommaviy kompaniya
Qachon asos solingan 1991
Joylashuvi Gonkong
Asoschi(lari) Tang Yiu
Rahbariyat Yu Tan
Ishchilar soni 72 ming kishi

Belle International Holdings(百丽国际控股有限公司) — dunyodagi eng yirik poyabzal kompaniyalaridan biri boʻlib, poyabzal ishlab chiqarish, tarqatish va chakana savdosi bilan shugʻullanib keladi[1] (Xitoyda ayollar poyafzalining eng yirik sotuvchisi hisoblnadi)[2]. Rasmiy ravishda, Belle International Kaymanlarda roʻyxatga olingan, shtab-kvartirasi Gonkongda joylashgan va asosiy ishlab chiqarish bazasi Xitoyda[3].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kompaniya 1991-yilda ulgurji poyabzal ishlab chiqaruvchisi sifatida tashkil etilgan[4] va 2004-yildan boshlab Belle International chakana savdo yoʻnalishini faol rivojlantira boshladi, 2006-yildan Nike va Adidas brendlarining Xitoydagi rasmiy distribyutoriga aylandi, 2009-yilda esa u huquqlarini Xitoy va Gonkongdagi Fila brendiga sotdi. Soʻngra 2011-yil mart oyi holatiga koʻra, Belle International 72 000 kishini ish bilan taʼminladi, bozor qiymati 15,2 milliard dollardan oshgan va savdo hajmi 3,6 milliard dollarni tashkil etgan.

2017-yilning yoz oyida Hillhouse Capital Group investitsiya firmasi Belle Internationalni 6,8 milliard dollarga sotib oldi[5][6].

Tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Belle Internationalning asosiy brendlari: Belle, Teenmix, Tata, Staccato, Senda, Basto, JipiJapa, Millieʼs, Joy & Pease, Mirabell. Bundan tashqari, kompaniya Xitoyda Nike, Adidas, Kappa, Puma, Converse, Reebok, Mizuno, Li Ning, Bata, Geox, Clarcks, Caterpillar, Mephisto, BCBG, Elle, Merrell brendlarini tarqatadi va shuningdek sotadi.

Belle International Xitoyda 13 000 dan ortiq, Gonkong va Makaoda 164 ta doʻkonlari mavjud. Yiliga 25 million juft poyabzal ishlab chiqaradigan beshta ishlab chiqarish fabrikasi Shenzhen, Dongguan, Jianxu, Zigui va Suzhou shaharlarida joylashgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Belle International Holdings Limited“. 2016-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 20-oktyabr.
  2. „Shoe Seller Belle Conquers China“. BusinessWeek.com, September 5, 2008. 2012-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 2-dekabr.
  3. „Belle International Holdings“ (en). Forbes. 2014-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 5-aprel.
  4. „Belle International Takes the Right Steps“. China Business Feature, November 8, 2007. 2011-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 2-dekabr.
  5. „What China’s Leading Tech Investor Saw In a Traditional Shoe Company“ (en). Fortune. 2020-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-mart.
  6. „Asia's Biggest Private Equity Acquirer Is Seeking $6 Billion“ (en). Bloomberg. 2019-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-mart.