Belfast qal’asi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Belfast qal’asi (inglizcha: Belfast Castle) ― Irlandiyadagi qal’alardan biri boʻlib, Shimoliy Irlandiyaning Belfast shahridagi Kantri Parkdagi Keyxvill togʻlari yonbagʻirlarida joylashgan. U dengiz sathidan 400 fut (120 metr) balandlikda joylashgan va Belfast shahriga qaraydi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Belfast qal’asi XII-asr oxirida normanlar tomonidan qurilgan[1]. Belfast shahrining shimoliy chekkasida joylashgan. Qal’a baron Chichesterning qarorgohi edi (u koʻproq ser Artur Chichester nomi bilan mashhur edi), ammo qarorgoh 1708-yilda yonib ketadi. Baron Chichester binoni asl joyida tiklash oʻrniga, shahar chekkasida yangi qarorgoh qurishga qaror qiladi. Biz bugun koʻrib turgan bino 1811-1870-yillar oraligʻida Donegallik Markiz tomonidan qurilgan. Qal’a Shotlandiya baronlari Charlz Lanyon va uning oʻgʻillari uslubida qurilgan. Donegal Markessi vafotidan keyin va oilaning moliyaviy muammolarini bartaraf etgandan soʻng, Shaftesberi 8-grafi ushbu qal’aning qurilishini yakunladi. Uning oʻgʻli, Shaftesberi grafi XIX, 1934-yilgacha shu qasrda yashagan.

1978-yilda Belfast shahar kengashi qal’ani kapital taʼmirlashni boshlaYdi. Ish 10-yil davom etAdi. Taʼmirlash uchun 2 million funtdan ortiq mablagʻ sarflandi. Qayta tiklash meʼmori sheriklar Xyuitt va Xeslam edi. Qayta tiklashdan soʻng rasmiy ochilish marosimi 1988-yil 11-noyabrda boʻlib oʻtadi.

Qal’ada antiqa buyumlar doʻkoni va restoran joylashgan. Majmua anjumanlar, shaxsiy bayramlar va toʻylar uchun mashhur joy.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Belfast Castle: History“. 2013-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-mart.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]