Kontent qismiga oʻtish

Belangi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Belangi, bel ogʻrigʻi, lyumbago — belning toʻsatdan qattiq ogʻrib qolishi. Asosan, ogʻir yuk koʻtarish yoki keskin harakat qilish tufayli umurtqa pogʻonasi muskullariga haddan tashqari zoʻr kelganda roʻy beradi. Umurtqa pogʻonasi boylamlarining choʻzilishi, orqa miya ildizlarining qisilishi va organizmning qattiq sovuq qotishi ham B.ga sabab boʻladi. Shuningdek, revmatizm boʻlgan bemorlarda yoki umurtqalararo togʻaylarning nuqsonlari oqibatida ham roʻy beradi. Belda aksari belning bir tomoni ogʻrib, bir oz jismoniy zoʻriqqanda, harakat qilganda, yoʻtalganda, aksirganda kuchayadi. Bel bosib koʻrilganda bezillab turadi, bemor qaddini ko'tara olmay qoladi. Ogʻriq odatda bir necha soatdan 4 — 5 kungacha tutadi. Bel ogʻrigʻi tutganda tekis va qattiq oʻrinda qimirlamay yotish va vrach tavsiyasiga binoan ogʻriq qoldiruvchi va yalligʻlanishga qarshi dori-darmonlar qabul qilish, malhamlar bilan ishlash, gorchishniy qoʻyish tavsiya etiladi. Ogʻriq bir oz kamaygach fizioterapiya buyuriladi. Belning oldini olish uchun jismoniy zoʻriqishga, keskin harakat qilishga, organizmning qattiq sovuqqotishiga yoʻl qoʻymaslik va unga sabab boʻladigan omillarni vaqtida bartaraf etish zarur. Yoshi kotta insonlarda bel og'rigi d vitamini va kalsiy yetishmasligi oqibatida suyaklar yemirilib og'riq yanada zo'rayishi mumkin. Shu sababli albatta doxtirga borishlik kerak.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil