Bel
Qiyofa
Bel — tananing bir qismi; bel umurtqalari (orqa oʻsiqlari bilan), ularga yopishgan va ulardan boshlangan muskullar (qorin boʻshligʻining orqa devori)dan iborat. Belni yuqoridan koʻkrak qafasining pastki chegarasi 12-qovurgʻa, pastdan yonbosh suyaklarining tepa qirrasi, oʻrtadan bel umurtqalarining oʻtkir qirrali oʻsiqlari va yonboshdan 11-qovurgʻa uchidan yonbosh suyaklarining tepa qirrasiga oʻtkazilgan vertikal chiziq chegaralab turadi. Belda gavdani tikka ushlab turuvchi muskul tutamlari, ularni qoplagan pardalar, yogʻ qatlamlari, qon tomirlari, nerv tolalari bor. Gavdaning tik turishida, shuningdek qaddi-qomat shakllanishida belning ahamiyati katta.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |