Bekvordeyshn

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bekvordeyshn (ing . backwardation) — naqs tovarlar narxi muddati kelishilgan tovarlar narxiga, tez fursatda yetkazib beriladigan tovarlar narxlari kechikibroq yetkazib beriladigan tovarlar narxiga nisbatan qimmatroq boʻlgan holat (kontangoning aksi). Mac, fevralda (1 t uchun dollar) naqd bugʻdoy 300, mart oyida yetkazib berilganda— 290, may oyida—280, iyulda—270, avg . da—265, sentabrda—250, noyabrda—230 boʻlishi mumkin. Bozordagi narxlarning bunday nisbati, odatda, omborlarda tovarlarning yetishmasligi (hosil boʻlmaganligi, ish tashlashlar oqibati va boshqalar) bilan, kelgusida esa taklifning ortishiga ishonish (mas, yangi hosil hisobiga) bilan bogʻliq. Bu davrda bozor oʻta asabiyligi, narxlarning gʻoyat pastbalandligi, chayqovchilikning kuchayishi bilan ajralib turadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil