Bekturdi Jumaniyozov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bekturdi Jumaniyozov (1939.20.1, Xiva tumani) — usta dehqon, Oʻzbekiston Qahramoni (2000). 1957 yildan Xiva tumanidagi "Oʻzbekiston" jamoa xujaligi aʼzosi, shu xoʻjalikda hisobchi (1963-68), 1968 yildan brigada boshligʻi va 1998 yildan "Oʻzbekiston" shirkat xoʻjaligida bosh pudratchi. J. rahbarlik qilgan brigada uzoq yillar davomida paxtachilik, lavlagikorlik va donchilikda dehqonchilikni ilmiy asosda olib borib muttasil yuqori koʻrsatkichlarga erishdi. 1999 yilda paxtadan 34,8 s/ga, qand lavlagidan 315 s/ga, kuzgi bugʻdoydan 62 s/ga hosil olishga erishdi. Mehnat faoliyati davomida koʻp shogirdlar tarbiyaladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil