Bekoʻgʻlisoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bekoʻgʻlisoy — Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi soy. Qurama tizmasining gʻarbiy etagidan, 1000 m balandlikdan boshlanib, janubi-gʻarbga — Sirdaryo tomonga oqadi. Bekoʻgʻlisoy 4 ta irmoqning qoʻshilishidan hosil boʻladi, uz. 13 km. Bekoʻgʻlisoy juda kamsuv, yogʻingarchilik paytidagina toʻlib oqadi. Bekoʻgʻlisoy Bekoʻgʻli qishlogʻidan oʻtib qurib qoladi. Bekoʻgʻlisoy suvidan qisman sugʻorishda foydalaniladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Bekoʻgʻlisoy" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil