Bekkross

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bekkross (ing. Backross) — duragaylarni otaona nusxalarining biri bilan qayta chatishtirish. B.ni oʻsimliklar seleksiyasiga N. V. Harland va M. N. Pope kiritdi (1922). Seleksiyada oʻzidan changlanadigan hamda chetdan changlanadigan oʻsimliklar navini yaxshilashda, duragay avlodni ota yoki ona nusxalarining kerakli xususiyatlari bilan boyitishda qoʻllanadi (qarang Takroriy chatishtirish).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil