Bekjon Allaberganov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Allaberganov Bekjon — 6412-sonli ish bo‘yicha otuvga hukm qilingan. [[[1907-yil]]i tug‘ilgan, Xonqa rayoni Sarimaim qishloq sovetidan, quloqqa tortilgan, 1930-yili reja topshiriqlarini bajarmagani uchun 2 yil qamoq jazosiga hukm etilgan. Doimiy ravishda kolxozchilar orasida Sovet Ittifoqidagi ochlik to‘g‘risida aksilinqilobiy buzg‘unchilik-tuhmat targ‘iboti olib borganliqda, Sovet Ittifoqini mag‘lubiyatga uchrashini tashviqot qilganlikda, partiya va hukumat tadbirlarini barbod qilishga qaratilgan sovetlarga qarshi targ‘ibot olib borganlikda ayblangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 77 bet. ISBN 978-9943-00-240-1.