Bekinmachoq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bekinmachoq - bolalar oʻyini. Kamida 4 — 6 bola ikki toʻdaga boʻlinadi. Dastlab marra belgilanadi. Bir guruh boshqasiga koʻrinish bermay, biror pana joyga yashirinadi. Poylab turganlar (baʼzan bir bola) yashiringanlik belgisini eshitgani hamono, bekinganlarni chaqqonlik bilan ushlashga kirishadi. Izlab topib marraga yetguncha ushlasa — yutgan, qoʻlga tushganlar esa — yutqizgan hisoblanadi. Yutqizganlar kelishilgan shartni bajaradilar, mas, oʻyinda yutganlarni yelkada koʻtarib, maʼlum maso-fani aylantirib keladilar va h. k. Shu bilan oʻyin yana yangidan boshlanadi. B.ning "ushlab olish", "koʻrdi hisobi", "axtarib topish" va boshqa turlari bor.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil