Kontent qismiga oʻtish

Bekajon Rahimova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bekajon Rahimova (1923.3.1.10 Xiva — 1997.2.4, Urganch) — aktrisa, xonanda. Oʻzbekiston xalq artisti (1991). 1936—38 yillar "Bolalar teatri"da, 1938—55 yillar Xiva xalq teatrida, 1955—90 yillar Ogahiy nomidagi teatrda faoliyat koʻrsatgan. Oʻz ijodi davomida bir qancha spektakllarda turli rollar ijro etgan: Maysara ("Maysaraning ishi"), Durjon kampir ("Paranji sirlari"), Yosuman ("Farhod va Shirin"), Feokla Ivanovna ("Uylanish"), Hoji ona ("Boy ila xizmatchi"), Zebo ("Arshin mol olon"), Jannat xoda ("Qaynona"), Margo ("Koʻngli yosh qariyalar"), Xodima ("Olma pishganda keling") va boshqa "Xiva vaqti bilan soat 700 da" filmidagi kampir roli bilan keng ommaga tanildi ("Boboyjonim" dueti). Shuningdek, hazil qoʻshiklar, xalq laparlarini qiyomiga yetkazib kuylab, raqsga tushgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil