Kontent qismiga oʻtish

Beka Saidmuradova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Beka Saidmuradova
Tavalludi 1935-yil
Qatagʻon qishlogʻi, Qoʻshkoʻpir tumani, Xorazm viloyati
Vafoti Nomaʼlum
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi Qishloq xo'jaligi xodimi, paxtakor
Unvoni
Mukofotlari

Beka Saidmurodova (1935-yil, Qatagʻon qishlogʻi, Qoʻshkoʻpir tumani, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR — ?) — paxtakor, Qoʻshkoʻpir tumani „Moskva“ (sobiq Lenin nomli) kolxozi kolxozchisi (1971), Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1957), KPSS aʼzosi (1958)[1].

Tarjimayi holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1935-yili Qoʻshkoʻpir tumani Qatagʻon qishlogʻida tavallud topgan. 1950—1954-yillari Qoʻshkoʻpir tumanidagi „Moskva“ kolxozida kolxozchi, 1954—1961-yillarda shu kolxozning zveno, brigada boshligʻi vazifasida ishlagan. Beka Saidmurodova boshliq zvenoda 10 gektar maydonning har bir gektaridan 52 sentner (1956), 55 sentner (18 gektar, 1957) paxta yetishtirilgan.

  1. OʻzSE 1977, s. 433
  • Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi, IX tom, Toshkent: OʻzSE Bosh redaksiyasi, 1977 — 656 bet.