Bek Nazagʻ

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bek Nazagʻ (19-asr) — tarixchi, "Amiri lashkar jangnomasi" nomli tarixiy asar muallifi. Bu kitob sheʼriy asar boʻlib, 1865 — 75 yillarda oʻzbek tilida yozilgan. Asarda 1864 — 65 yillari Qoʻqon xonligida boʻlib oʻtgan voqealar, jumladan Qoʻqon xonining lashkarboshisi Alimqul askarlari bilan rus qoʻshini oʻrtasida Toshkent va uning atrofi uchun boʻlgan janglar haqida maʼlumot berilgan. Asarning 1878-yilda koʻchirilgan qoʻlyozma nusxasi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharq-shunoslik institutida saqlanadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil