Begteginlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Begteginlar (1145 - 1233) — Shimoli-sharqiy Iroq va Kurdistonda hukmronlik qilgan sulola. Davlat Erbil bekligi deb ham ataladi. Sulola asoschi dastlab Mosul, soʻng Erbilni boshqarish huquqini qoʻlga kiritgan Zangiylarning sarkardasi Ali Kuchuk ibn Begtegin. Uning otasi turkiy ekanligina ma'lum. Zangiylar va Ayyubiylar oʻrtasidagi urushda Begteginlar goh u tomon, goh bu tomon tarafida turgan. Sulolaning soʻnggi hukmdori Koʻkboʻri ibn Ali Kuchuk (1168-1233)ning vorisi boʻlmagani uchun oʻziga qarashli hududlarni abbosiy Mustansirga (1226 - 1242) topshirgan[1].

Hukmdorlar ro'yxati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Begteginlar sulolasi hukmdorlari
T/r Hukmdorlar Hukmronlik

yillari

1 Ali Kuchuk ibn Begtegin 1145-1168
2 Yusuf ibn Ali Kuchuk 1168
3 Koʻkboʻri ibn Ali Kuchuk 1168-1233

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Vohidov Sh., Qodirov A. Sharqning mashhur sulolari.Toshkent: Akademnashr, 2013. 165-166-betlar

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

https://islamansiklopedisi.org.tr/begteginliler