Begor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Begor (hindcha) — oʻrta asrlarda Oʻrta Osiyo va Oʻrta Sharqda (Eroida 8-asrdan, Oʻrta Osiyo, Hindiston va Afgʻonistonda esa 10-asrdan) mavjud boʻlgan majburiyat. Mehnatkash xalq xon va mahalliy hukmdorlar tarafidan davlat va zamindorlarning turli qurilishlari (qalʼa, saroy, yoʻl qurilishlari, kanal va ariqlar qazish va boshqalar)da tekinga ishlab berishga majbur qilingan. Masalan, Abdulla-xon II ning maxsus farmoni bilan mashhur Joʻyboriy xojalardan Xoja Saʼdning yerlariga Vaxshdan suv chiqarish uchun ariq qazishga Hisor, Dexinav, Qubodiyon va Shahrisabzdan 10 ming kishi safarbar qilingan. B. 18 — 19-asrlarda ham boʻlgan. B.ni barshchinanint bir shakli deyish mumkin.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Juvonmardiyev A., 16 — 19-asrlarda Fargʻonada yer-suv masalalariga doyr, T., 1965.