Bazm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bazm — toʻy munosabati bilan katta uy yoki keng hovli sahnida oʻtkaziladigan tomosha, katta mehmondorchilik, ziyofat, kecha. B.lar odatda sozandaxonanda, nogʻorachi, surnaychikarnaychilar, raqqos va raqqosalar, askiyabozlar ishtirokida oʻtkaziladi. B. juda qadim zamonlardan rasm boʻlgan. B. mazmuni, ishtirokchilari va B.dagi cholgʻu asboblariga qarab bir qancha turlarga boʻlinadi. Nogʻora, doira, oʻyinchilar ishtirokida oʻtkaziladigan toʻy B.i "Nogʻora B." deyiladi. Kelinning dugonalari, tengqurlari yigʻini "Qizlar B.i" (baʼzi joylarda "Qizlar majlisi") deyiladi. Oʻzbek va tojiklarda B.ning maxsus taklifsiz, hamma qatnashadigan turi "Doira xabar qiladigan B." ham bor (odamlar doira ovozini eshitib, oʻzlari kelaveradilar). Ishtirokchilari koʻp, ziyofati toʻkin "B.i Jamshid" (shoh Jamshidning dabdabali B.lariga nisbatan), yaqin kishilar oʻrtasida yoki kuy va ashula ishqibozlari uchun musiqachilar uyushtiradigan B. "B. xosagi" deyiladi. Oʻtmishda xon va amirlar saroyida oʻtkaziladigan B.lar sanʼat asarlarini xalq orasida keng yoyishga xizmat qilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil