Bazidiyalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bazidiyalar (yun. basidon — asos) — bazidiyali zamburugʻlarning spora hosil qiladigan organlari; dikariot giflar uchida ikki yadroli hujayralardan hosil boʻladigan toʻgʻnogʻichsimon bitta (xolobazidiya) yoki toʻrtta (fragmobazidiya) hujayradan iborat. Rivojlanishiga koʻra xalta (ask)ga oʻxshab ketadi. B.da jinsiy jarayon sodir boʻladi, yaʼni dikarionlar yadrolari qoʻshiladi va diploid yadro reduksion boʻlinadi, soʻngra 2 — 4 ta bazidiosporalar shakllanadi. Bazidiosporalar B.dan tashqarida hosil boʻlishi bilan askosporalardan farqlanadi. Bazidiosporalar qulay muhitga tushgach yangi mitseliy hosil qiladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil