Kontent qismiga oʻtish

Bazal tanacha

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bazal tanacha — hujayra ichidagi zichlashgan tuzilma; bir hujayrali organizmlarda har bir xivchin va tuk asosida, shuningdek koʻp hujayrali organizmlarning toʻqima hujayralarida va spermatozoidlarda boʻladi. Odatda silindr shaklida boʻlib, uzunligi qariyb 0,5 mkm, diametri 0,1 — 0,2 mkm. Bazal tanacha sentrioldan vujudga kelsa kerak (mas, spermatidalarda sentriolning Bazal tanacha ga aylanishi kuzatiladi). Bazal tanacha xivchinli boʻla oladi va sentriol kabi hujayraning boʻlinish duki hosil boʻlishida qatnashadi. Bazal tanacha baʼzan blefaroplast deb ataladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil