Baynalmilal jangchilar yodgorligi Moskva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Baynalmilal askarlar yodgorligi Moskva Gʻalaba bogʻidagi Poklonnaya tepaligida baynalmilal harbiylar xotirasiga oʻrnatilgan haykal.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Baynalmilalchilar xotirasiga oʻrnatilgan yodgorlik Afgʻoniston urushi faxriylari tashkilotlarining xayriya mablagʻlari, baynalmilal askarlarning shaxsiy moddiy hissalari, shahar hokimiyati koʻmagida barpo etilgan. Yodgorlik mualliflari haykaltaroshlar S. A. Shcherbakov va S. S. Shcherbakov, meʼmorlar Yu. P. Grigoryev va S. Grigoryevlardir.

4 metr balandlikdagi bronzadan quyilgan haykal — chap qoʻlida dubulgʻa va oʻng qoʻlida avtomat qurol ushlagan, harbiy kamuflyaj kiyimidagi yosh sovet askarini aks ettiradi. Askar qoyaga yaqinlashib, uzoqlarga qaragan holda tasvirlangan. Qizil granitdan yasalgan tagkursi ustida jangchi siymosi joylashgan. Piyodaga jang sahnasi tasvirlangan bronza barelyef oʻrnatilgan.

Yodgorlikning ochilishi 2004-yil 27-dekabrda boʻlib oʻtgan va Sovet qoʻshinlarining Afgʻonistonga kiritilishining 25-yilligiga toʻgʻri kelgan. Yodgorlikning ochilish marosimida afgʻon faxriylari, Amin saroyiga bostirib kirgan maxsus kuchlar, faxriylar tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]