Bayat Muxtorov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Bayat Muxtorov
Tugʻilishi 29-mart 1946-yil(1946-03-29)
Vafot sanasi 11-dekabr 2015-yil(2015-12-11)
(69 yoshda)
Vafot joyi Toshkent Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Kasbi haykaltarosh, avangard rassom

Bayat Muxtorov — oʻzbek haykaltaroshi va avangard rassom boʻlib, Oʻzbekistonda birinchi boʻlib performans va  xeppening usullaridan foydalangan.

Tarjimai hol[tahrir | manbasini tahrirlash]

1946-yil 29-martda Oʻzbekistonning Andijon shahrida dunyoga keladi, lekin bolaligidanoq oilasi bilan Toshkentga koʻchib keladi. 1979-yilda Ostrovskiy nomidagi Toshkent san’at institutini (hozirgi Mannon Uygʻur nomidagi Oʻzbekiston Davlat san’at instituti) monumental  va dekorativ plastika boʻyicha tamomlagan. U 1990-yilda SSSR Rassomlar uyushmasi a’zosi boʻldi. Bayat Muxtorov 1995-yilda Moskvada u IFA ((International Federation of Artists) - YUNESKOning rassomlar va dizaynerlar xalqaro federasiyasiga (sertifikat № 5895) qabul qilindi.

Ijodiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

U koʻplab xalqaro va respublika koʻrgazmalarida, haykaltaroshlik simpoziumlarida ishtirok etgan. Bayot Muxtorovning ijod ishlari Oʻzbekiston Davlat san’at muzeyi, shuningdek, Rossiya, AQSH, Gollandiya, Italiya, Shveysariya, Eron va boshqa davlatlardagi galereya va xususiy kolleksiyalarda saqlanadi. 1985-yildan Respublika va xalqaro koʻrgazmalarda ishtirok etib kelmoqda.

Asosiy ko'rgazmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • “Shakllantirish” performansi shuningdek, installyasiya qilish, haykaltaroshlik namoyishi, “Oriyent” galereyasi, Moskva, 1992-yil;
  • “Oʻrgimchak yoʻli” performansi, “Varshava” koʻrgazmalar zali, Moskva, 1992-yil; 
  • “Koʻhna ohang” performansi, shuningdek, installyasiya qilish, LBH haykaltaroshlik namoyishi, Sankt-Peterburg, 1994-yil;
  • “Darvesh va oʻt-oʻlanlar” performansi, “18-qavat” galereyasi, Toshkent, 1996-yil;
  • Haykaltaroshlik namoyishi, ilk shaxsiy koʻrgazma, Gollandiya, 1996-yil;
  • “Olov” performansi, shuningdek, installyasiya qilish, “Invariant” galereyasida haykaltaroshlik namoyishi, Toshkent, 1997-yil;
  • “Ekologiya” performansi, shuningdek, installyasiya qilish, “Turkiston” galereyasida haykaltaroshlik namoyishi, Toshkent, 1997-yil;  
  • “Gʻayriinsoniylik anatomiyasi” performansi, installyasiya qilish, “Turkiston” galereyasida haykaltaroshlik namoyishi, Toshkent, 1997-yil;
  • Oʻzbekiston Tasviriy san’at galereyasida shaxsiy koʻrgazma; haykaltaroshlik namoyishi, Toshkent-2008-yil;
  • Oʻzbekiston Tasviriy san’at galereyasida  "Muhabbatning noma’lum she’riyati"koʻrgazmasida haykaltaroshlik namoyishi, Toshkent, 2009-yil;
  • Parizod yulduz turkumi" performansi, shuningdek, installyasiya qilish, haykaltaroshlik namoyishi, “Parizod yulduz turkumi” Markaziy koʻrgazmalar zalida shaxsiy koʻrgazmasi,  Toshkent, 2011-yil; 
  • "Muzlik" installyasiya-performansi, San’at muzeyi koʻrgazmasi, Toshkent, 2013-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]