Baxtiyor Boboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Stamps of Uzbekistan, 2006-002.jpg

Baxtiyor Mamarasul oʻgʻli Boboyev (1937.25.12, hozirgi Qozogʻistondagi Aris shahri) — rassom, Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi akademik (1999). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1973). Shoir M. Boboyevnint oʻgʻli. Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1963). 1974-yildan Toshkent teatr va rassomlik sanʼati (hozirgi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn) institutida oʻqituvchi, 1980-yildan dotsent, 1997-yildan professor B. ijodida ijodkorlar, hunarmandlar qiyofasi, mehnatjarayoni muxim urin tutadi. Asarlari: "Zamin shoʻri" (1963), "Tandirchilar" (1968), "Alisher Navoiy portreta" (1968), "Fargona navolari" triptixi (1970), "Gazli tongi" (1975), "Chorraxa" (1983), "Alisher Navoiy soy boʻyida" (1993), "Namozi asr" (1997) va boshqa 1963-yildan respublikada va chet mamlakatlardagi badiiy koʻrgazmalarda asarlari bilan faol ishtirok etadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]