Baxshillo Fatullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Baxshillo Fatullayev
Fayl:Bahshillo Fatullayev.jpg
Tavalludi 15-sentyabr 1964-yil (1964-09-15) (59 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Faoliyat yillari 1989-yil

Baxshillo Fatullayev(1964-yil 15-sentyabrda tavallud topgan) — oʻzbek televideniyesi va kino aktyori[1].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fatullayev Baxshillo Ismatovich 1964-yil 15-sentabrda Buxoro viloyatida tavallud topgan. 1981-yilda o‘rta maktabni tugatgach, Toshkent rassomlik va teatr institutiga o‘qishga kirgan. 1986-yilda institutni tamomlab, sanʼat sohasida faoliyatini davom ettishni boshladi[2].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Baxshillo Fatullayev sanʼatdagi faoliyatini 1989-yildan boshladi. Baxshillo Fatullayev 2012-yilda „Faryod“da filmida badiiy debyutini boshlagan, shundan soʻng koʻplab serial va filmlarda tusha boshladi[3].Baxshillo Fatullayev 19861989-yillarda Buxoro viloyati madaniyat markazi mudiri lavozimida ishladi[4]. 1970-yillarda Buxoro viloyati Buxoro tumanidagi 272-maktabda oʻqtuvchi boʻlib ishladi.19821986-yillarda Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti talabasi boʻldi. 2012-yilda Said Muxtorovning „Faryod“ filmida ota rolini oʻynadi[5] . 2014-yilda „Koʻz yoshlari“ filmidagi roli unga unchalik omad keltirmadi. 2015-yilda „Egizak oshiqlar“, 2016-yilda Farhod va Shirin rollari unga katta muvaffaqiyat keltirdi. Prodyuser Ruslan Mirzayev Baxshillo Fatullayevga muvaffaqiyat keltirgan „Istanbulli milliarder“ filmida rol o‘ynagan. „Panjara“ filmidagi salbiy qahramon bilan Baxshillo Fatullayev ko‘p qirrali aktyor ekanligini ommaga ko‘rsatdi. Rustam Saʼdiyevning „Ota ro‘zi“ filmida bosh rolida oʻynagan. Turkiya bilan hamkorlikda suratga olingan „Yuraklar jangi“ va „Muhabbat o‘yinlari“ seriallari unga haqiqiy shuhrat keltirdi. Baxshillo Fatullayev 2021-yilda „Mehr-shafqat operatsiyasi“ filmida harbiy rolda paydo boʻldi[6][7].

Filmlarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Baxshillo Fatullayev turli filmlarda suratga tushgan[8][9].

Yil Sarlavha Rollar Manbalar
2012 Faryod [10]
2014 Koʻz yoshim [11][12]
2015 Egizak oshiqlar [13]
2015 Baxt ortidagi dard
2016 Farxod va Shirin [14]
2016 Taqdir xazili
2017 Sevadi sevmaydi [15]
2018 Panjara
2019 Ota rozi [16]
2019 Istanbullik milliarder [17]
2021 Mehr operatsiyasi General
2022 Baron 2 [18]

Seriallarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Manbalar
2020 Yuraklar jangi [19]
2020-2021 Ishq oʻyinlari [20][21]
2021 Qoʻrqma yural
2022 Yur Muhabbat [22]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Mashhurlikkacha bosilgan qadam…Aktyor Baxshillo FATULLAYeV nuz.uz
  2. Bahshillo Fatullayev — Biografiya muzfm.tv
  3. Baxshillo Fatullaev ijodida muhim oʻrin tutadigan rollardan biri, bu… yuz.uz
  4. Fatullayev haqida malumot
  5. Baxshillo Fatullaeva (Bahshillo Fatullayev) masterski sigral rol v seriale „Besstrashnoe serdse“ uzdaily.uz
  6. Vozobnovilis sʼemki filma „Baron-2“ yuz.uz
  7. Akter Baxshillo Fatullaev uchun hozir ijod qaynagan palla nuz.uz
  8. Bahshillo Fatullayev rizanova.uz
  9. Baxshillo Fatullayev haqida buluteka.com
  10. Faryod 2 (oʻzbek film) | Faryod 2 (uzbekfilm) (Wayback Machine saytida 2022-06-29 sanasida arxivlangan) showmedia.uz
  11. Koʻz yoshim filmnavi.ru
  12. Koʻz yoshim uzmedia.net
  13. EGIZAK OSHIQLAR (OʻZBEK FILM) | EGIZAK OShIKLAR (UZBYeKFILM) kinolar.pro
  14. Farhod va Shirin rizanova.uz
  15. Hindistonning „Muhabbat tafti“ seriali orqali tanilgan aktyor O‘zbekistonning „Sevadi, sevmaydi“ filmida suratga tushdi daryo.uz
  16. Dejurniy jenix — Ota rozi kinonavigator.ru
  17. O‘zbek kinoijodkorlari Istanbulda „Istanbullik milliarder“ filmini suratga olmoqda (Wayback Machine saytida 2023-06-20 sanasida arxivlangan) xs.uz
  18. Vozobnovilis sʼemki filma „Baron-2“ (video) darakchi.uz
  19. Yuraklar jangi[sayt ishlamaydi] ru.kinorium.com
  20. Ishq oʻyinlari (treyler) Oʻzbekistonda ilk bor Turkiyaning mashxur aktyorlari ishtirokidagi (Wayback Machine saytida 2021-01-11 sanasida arxivlangan) samarkand.me
  21. „Ishq oʻyinlari“ — keskin burilishlarga boy milliy serial popcorn.uz
  22. „Yur muhabbat“ serialining suratga olish ishlari qizgʻin davom etmoqda popcorn.uz