Baxshanda Norova
| Baxshanda Norova | |
|---|---|
| Tavalludi |
1932-yil Arabxona qishlogʻi, Buxoro tumani, Buxoro viloyati |
| Vafoti | Nomaʼlum |
| Fuqaroligi |
|
| Kasbi | Qishloq xoʻjaligi xodimi, paxtakor |
| Unvoni |
|
| Mukofotlari |
|
Baxshanda Norova (1932-yil, Arabxona qishlogʻi, Buxoro tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR – ?) – paxtakor, Buxoro tumani „Paxtakor“ kolxozi brigadiri (1974), Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1957), KPSS aʼzosi (1957)[1].
Tarjimayi holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1932-yili Buxoro tumani Arabxona qishlogʻi dehqon oilasida tavallud topgan. Boshlangʻich taʼlimni olgach, mehnat faoliyatini 1951-yildan Buxoro tumanidagi „Paxtakor“ kolxozida kolxozchi sifatida ish boshlagan. Keyinchalik ushbu kolxozning zveno boshligʻi, 1974-yildan to pensiyaga chiqqunga qadar shu kolxozning brigadiri sifatida faoliyat yuritgan[2]. 1955-yilda u koʻp ming kilogrammchilar harakatiga qoʻshilib, mavsumda zvenosi bilan birgalikda qoʻlda 15 tonna paxta tergan, zvenosi paxtadan yuqori hosil yetishtirgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzSE 1976, s. 69
- ↑ Sergey Kuzovatov. „Norova Baxshanda“ (Rus tilida). 2022-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-avgust.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi, VIII tom, Toshkent: OʻzSE Bosh redaksiyasi, 1976 — 656-bet.