Baxrom Inoyatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Baxrom Inoyatov (1917, Toshkent — 1969.18.7, Moskva) — aktyor, pedagog, birinchi oʻzbek dirijyorlaridan. Oʻzbekiston xalq artisti (1965). Toshkent konservatoriyasining (A. Kozlovskiy sinfida) dirijerlik fakultetini (1957) tugatgan. Oʻzbek davlat opera va balet teatri (1948 yildan Navoiy teatri)da dirijyor, 1960—66 yillarda bosh dirijyor. 1960 yildan Toshkent konservatoriyasida dars bergan. Dastlab "Oqbilak" (S. Vasilenko, 1943) baleti va "Mahmud Torobiy" (O. Chishko, 1944) operasining birinchi postanovkalariga dirijerlik qilgan. I. repertuarida chet el va oʻzbek kompozitorlarining asarlari bor. "Boʻron" (S. Vasilenko, M. Ashrafiy, 1954), "Ulugbek" (A. Kozlovskiy, 1958), "Gulsara" (R. Glier, T. Sodiqov, 1963) operalari, "Oqqush koʻli" (P. Chaykovskiy, 1956), "Maskarad" (L. Laputin, 1958), "Suhayl va Mehr" (M. Leviyev, 1968) baletlari va b. spektakllarni sahnalashtirishda faol ishtirok etgan, chet el operalarining oʻzbek tiliga tarjimasi muallifi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil