Bau

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bau

Puflama musiqa cholgʻulari


Bau [1] (xitoycha anʼanaviy musiqiy cholgʻ) — metalldan yasalgan tilchali puflama cholgʻu asbobi hisoblanadi.

Musiqiy asbob Xitoyning janubi-gʻarbiy qismidagi Yunnan viloyati (provinsiyasi)dan kelib chiqqan, ammo bau puflama cholgʻusi butun Xitoyda ommabop va mashhur musiqa asbobiga aylandi; u hali ham zamonaviy xitoy kompozitsiyalarida qoʻllaniladi. Ushbu puflama musiqiy cholgʻu yakkaxon sifatida ishlatiladi, uni bir qator film va mashhur kompozisiyalarda yordamchi cholgʻu oʻrnida eshitish mumkin.

Bau Xitoyda mashhur boʻlsa-da, musiqiy cholgʻu Evropada koʻplab bastakorlar va ijrochilar tomonidan yaqinda amalda tadbiq qilingan. Jumladan, angliyalik Roan Lich va Guo Yue, belgiyalik Rafael de Kok, gollandiyalik Hermann Vitkam baudan foydalanib kelishadi.

Shuningdek[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Puflama musiqa cholgʻulari

Manba[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Бау“,Музыкальные инструменты. Энциклопедия. М.: Дека-ВС, 2008 — 72 bet. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Музыкальные инструменты. Энциклопедия 2008.