Baton-ruj

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Baton-ruj - AQSH jan.dagi shahar. Luiziana shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 220 ming kishi (1990). Missisipi daryosining quyi oqimidagi okean kemalari kira oladigan port. Neftni qayta ishlash va neft kimyosi (sintetik kauchuk, turli organik ximikatlar, mineral oʻgʻitlar), rangli metallurgiya sanoatining yirik markazi. Alyuminiy oksidi (glinozyom) tayyorlanadi. Shahar atrofidagi konlardan neft, gaz, oltingugurt qazib olinadi. Baton-ruj va oʻrmon mahsulotlari qayta ishlanadi. Un-tlar bor. Shaharga 1719-yilda asos solingan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil