Kontent qismiga oʻtish

Bastardo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bastardo — Portugaliyadan keltirilgan vinobop uzum navi. Tupi oʻrtacha, baʼzan zaifroq oʻsadi. Uzum boshi silindr konussimon shaklda, kichik (boʻyi 8 — 12 sm, eni 6 — 8 sm), tigʻiz, bandi qisqa, vazni 90 — 120 g . Gʻujumi mayda (8 – 12 mm), dumaloq, qora, sershira, pusti pishiq. Faol harorat yigʻindisi 2900 — 3100° boʻlganda 145— 150 kunda pishadi. Sentabrning 2-yarmida yetiladi, tarkibidagi qand 28 — 32% ga yetadi. Hosiddorligi 100 — 120 s/ga. Sovuqqa chidami oʻrtacha. Kasallik va zararkunandalarga chidami past. Novdalari oʻrtacha uzunlikda kesilib, kamroq qoldiriladi. B. bilan Saperavi navini chatishtirib chiqarilgan Magarach bastardosi navi (I. V. Papanov) koʻproq ekiladi (qarang Tok.).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil