Bashneft

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bashneft OAJ
Turi Davlat (OAJ)
Tarmogʻi Neft va gaz sanoati
Egasi Rossiya hukumati
Qachon asos solingan 1946 (78 yil avval) (1946)
Joylashuvi Ufa, Boshqirdiston, Rossiya
Rahbariyat Nikolay Graxantsev, (CEO)
Aylanma daromadi 851 664 000 000[1]
Operatsion foydasi 114 242 000 000[1]
Boyligi 916 132 000 000[1]
Sof foydasi 84 931 000 000[1]
Ishchilar soni 8,150
Vebsayti bashneft.com

Bashneft — Rossiyaning neft kompaniyasi boʻlib, Sovet neft vazirligining Boshqirdistondagi neft bilan bogʻliq aktivlarini Boris Yeltsin tomonidan Boshqirdiston Respublikasi mintaqaviy hukumatiga topshirish natijasida tashkil etilgan. Keyin u 2002-2003-yillarda Yeltsinning ittifoqchisi boʻlgan Boshqirdiston prezidenti Murtazo Rahimov tomonidan Rahimovning oʻgʻli Oʻrol Rahimov nazorati ostidagi „Bashkir Capital“ holding kompaniyasining nazorat paketi bilan xususiylashtirilgan. 2009-yilda Vladimir Yevtushenkov[2] Bashneftning nazorat paketini 2 milliard dollarga sotib olgan va oʻzining „Sistema“ holding kompaniyasiga joylashtirilgan. Ammo 2014-yil iyul oyida u qamoqqa olingan va „Sistema“ ning „Bashneft“ dagi 72% ulushi Rossiya hukumati tomonidan musodara qilingan[3][4]. 2014-yil dekabrida kompaniya musodara qilinganidan soʻng Yevtushenkov „ayblari isbotlanmaganligi sababli“ qamoqdan ozod qilingan, biroq bu vaqtda Oʻrol Rahimov mamlakatni tark etganligi xabar qilingan[5]. U mamlakatdagi eng yirik neft mahsulotlari ishlab chiqaruvchilardan biridir[6]. Kompaniya Rossiyadagi 140 ta neft va tabiiy gaz konlarini boshqaradi va yiliga 16 million tonna neft qazib oladi. „Bashneft“ Ufa shahrida joylashgan 820,000 bbl/d (130,000 m3/d) neftni qayta ishlash quvvatiga ega uchta neftni qayta ishlash zavodiga va 100 ta yoqilgʻi quyish shoxobchalariga ega.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boshqirdistondagi „Bashneft“ neft nasosi

Rossiyaning „Sistema“ holdingi 2009-yil mart oyida „Bashneft“ ning nazorat paketini 2 milliard AQSh dollariga sotib olgan[7]. 2014-yil mart oyida Bashneft Rossiyaning Burneftegaz neft kompaniyasining 100% ulushini umumiy qiymati 1 milliard dollardan ortiq boʻlgan miqdorga xarid qilgan[8].

Murtazo Rahimov, Qodir Timergazinlar ham „Bashneft“da faoliyat olib borgan.

2016-yilda „Bashneft“ Arktika mintaqasidagi 92 ta neft, gaz va togʻ-kon kompaniyalari orasida oʻtkazilgan eng yaxshi kompaniyalar roʻyhatida 12-oʻrinni egallagan[9].

„Bashneft“ Arktika atrof-muhit uchun javobgarlik indeksida (AERI) 48-oʻrinni egallagan. Bu dastur Arktika doirasining shimolida yer osti resurslarni qazib olish bilan shugʻullanadigan 120 ta neft, gaz va togʻ-kon kompaniyalarini qamrab olgan[10].

„Bashneft“ OAJ veb-saytida, 2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi paytida xalqaro sanksiyalar kiritilgandan soʻng, kompaniya direktorlar kengashi va boshqaruv kengashi aʼzolari haqidagi maʼlumotlar oʻchirilgan[11].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 (unspecified title)Bashneft. — С. 54.
  2. „Владимир Евтушенков“ (ru). 24SMI. Qaraldi: 2023-yil 20-mart.
  3. Natasha Doff and Ksenia Galouchko. „Sistema Shares Soar as Putin Says Evtushenkov Charges Not Proven“. Bloomberg News (2014-yil 18-dekabr). 2014-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-dekabr. „Russia has seized 71.6 percent of OAO Bashneft from Sistema since ordering Evtushenkov’s arrest on Sept. 16 in a money-laundering investigation linked to the state’s sale of the oil company in the previous decade.“.
  4. „Bashneft is notified of a change of a majority shareholder“ (Press release). bashneft.com. Bashneft (2014-yil 10-dekabr). — „According to the notification, 122,971,934 ordinary shares and 6,192,245 preferred shares of JSOC Bashneft (71.62% of its authorized share capital) have been transferred from the accounts of OJSC JSFC Sistema and CJSC Sistema-Invest to the account of the Federal Agency for State Property Management.“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-dekabr.
  5. Steven Lee Myersand Jo Becker. „Even Loyalty No Guarantee Against Putin“. The New York Times (2014-yil 26-dekabr). Qaraldi: 2014-yil 27-dekabr. „Mr. Rakhimov’s government privatized Bashneft, with most of its shares ending up in the hands of a company called Bashkir Capital“.
  6. „Products“. bashedu.ru. 2009-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 8-sentyabr.
  7. „Statement Regarding JSOC Bashneft and Related Proceedings“ (Press release). BusinessWire.com (2014-yil 23-oktyabr). — „In 2009, Sistema increased its stake in the BashTEK companies to more than 75% by entering into agreements for the purchase of controlling stakes in the BashTEK companies (the “BashTEK Shares”) from third party private Russian companies (the “SPAs” and the “Second Acquisition”). Under the terms of SPAs, the price to be paid for the BashTEK Shares was US$ 2 billion plus an additional payment of US$ 0.5 billion which, under the terms of the SPAs, was conditional on the fulfilment of a number of conditions. These conditions were not met and, as a result and in accordance with the terms of the SPAs, the additional payment of US$ 0.5 billion was not payable.“. 2023-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-oktyabr.
  8. Bashneft acquires oil producer Burneftegaz, International: Hydrocarbons-Technology.com, 2014
  9. Overland. „Ranking Oil, Gas and Mining Companies on Indigenous Rights in the Arctic“. ResearchGate. Arran (2016). Qaraldi: 2018-yil 2-avgust.
  10. Overland, I., Bourmistrov, A., Dale, B., Irlbacher‐Fox, S., Juraev, J., Podgaiskii, E., Stammler, F., Tsani, S., Vakulchuk, R. and Wilson, E. C. 2021.
  11. the board of directors

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]