Bartok Bela

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

BARTOK (Bartok) Bela (1881.25.3, Nadsentmiklosh — 1945.26.9, Nyu-York) — venger kompozitori, pianinochi, etnomusiqashunos, pedagog . B.ning "Koʻk Soqol gersogning qasri" (1911) operasi va "Yogʻoch shahzoda" (1914— 16), "Ajoyib mandarin" (1919) baletlari, raqs kuylari, simfonik asarlari, konsert, kvartet, sonatalari, fortepiano uchun 85 pyesadan iborat "Bolalarga", 153 pyesadan iborat "Mikrokosmos" toʻplamlari mashhur. B. ijodida koʻp yillar davomida turli mamlakatlar (Vengriya, Ukraina, Ruminiya, Turkiya va boshqalar)da oʻzi yozib olgan (jami 11 mingdan ziyod) venger dehqonlari foloʻslori, rumin, slovak, arab, turk, ukrain va boshqa xalqlar kuylarini qiyosan oʻrgangan va qiyosiy musiqa folklorshunosligiga asos solgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil