Barshchina
Qiyofa
Barshchina, boyarshchina — barin [(boyar)ga tekinga ishlab berish] — oʻrta asrlarda Rossiyada yer rentasi shakli, yirik yer egasiga qaram krepostnoy dehqonni oʻz mehnat qurollari bilan yer egasi xoʻjaligida haq olmay bajaradigan majburiy mehnati. Gʻarbiy Yevropada B. 8 — IX asrlardan tarqalgan, 12 — XIII asrlardan obroklar tomonidan siqib chiqarilgan va 14 — XV asrlarga kelib yoʻq boʻlib ketgan. Sharq mamlakatlarida B. keng tarqalmagan (qarang Begor). Rusda Kiyev Rusi davlati paytida paydo boʻlgan. Rossiyaning Yevropa qismida XVI asr 2-yarmi — XIX asr 1-yarmida keng tarqalgan. Yuridik jihatdan rasman 1882-yil bekor qilingan boʻlsada, 1917-yilgacha davom etgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |