Barreter

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Barreter (ing . barretter — oʻzgartirmoq) — elektron va ion asboblarida tokni barqarorlashtiradigan moslama. Temir simdan tayyorlanadi va vodorod bilan toʻldirilgan berk shisha ballonga joylashtiriladi. B. ishlaganda simi 200 — 600° gacha qiziydi. Zanjirdagi kuchlanish ortsa, unga mutanosib holda simning qarshiligi ham ortadi, natijada tok kuchi oʻzgarmaydi. B. oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tok zanjirlarida ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil