Barot Xoja Koʻkaltosh
- Vikipediyada ismi Barot boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Barot Xoja Koʻkaltosh (7-1393) — Amir Temur beklaridan. 1366–70 yillar orasida amir Husayn begi, u Amir Temurdan yengilgach, koʻpchilik beklar qatorida Amir Temur xizmatiga oʻtgan va qoʻshin begi vazifasini bajargan. "Uch yillik yurish" (1386–88) paytida Barot xoja koʻkaltosh bir necha amirlar bilan birga Samarqand muhofazasi uchun qoldirilgan. Toʻxtamishxon Movarounnahrga hujum qilganida (1387-yil oxiri – 1388-yil boshi) Barot xoja koʻkaltosh sustkashlik koʻrsatgani bois, Amir Temur 1388-yil fevralda safardan qaytib kelgach, jazo tadbiri sifatida uning soqol-moʻylovini oldirib, yuziga atir-upa surdirib shahar kezdirishni amr etgan. Biroq Barot xoja koʻkaltosh keyingi faoliyati bilan oʻzini toʻla oqlagan. Shu tufayli Soxibqiron 1392-yil bahorida gʻaznaviylarning "Gʻazni, Kobul va Zobulistondan to Hind, Qandahor va Sind daryosigacha" boʻlgan mulkini Pirmuhammad Jahongirga vasiyat qilib berganida unga navkar sifatida Barot xoja koʻkaltoshni ham bergan. "Besh yillik yurish" paytida, 1393-yil iyulida Gʻarbiy Erondagi janglardan birida bahodirona halok boʻlgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ahmedov, Ashraf. "Barot Xoja Koʻkaltosh" OʻzME. B-harfi (Wayback Machine saytida 2019-12-11 sanasida arxivlangan) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |