Kontent qismiga oʻtish

Baroretseptorlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Baroretseptorlar (baro... varetsep-torlar), mexanoretseptorlar, pressoretseptorlar — qon tomirlarining devorlaridagi sezuv nervi oxirlari. Tomirlar devori choʻzilganda Baroretseptorlar qoʻzgʻaladi va qon bosimi, hajmi oʻzgarishlarini sezib, ularni refleks yoʻli bilan boshqaradi. Baroretseptorlar hamma tomirlarda, refleksogen zonalar (yurak, aorta, oʻpka va boshqalar)da esa koʻproq boʻladi. Qon bosimi koʻtarilganda markaziy nerv sistemasiga impulslar yuborib, tomirlar tonusini kamaytiradi, parasimpatik nerv sistemasining markazlarini qoʻzgʻatadi, natijada qon bosimi pasayadi. Qon bosimi uzoq vaqt mobaynida tez-tez koʻtarila bersa, unga Baroretseptorlar moslashib qoladi (fiziologik adaptatsiya), bu esa gipertoniya kasalligining sabablaridan biri boʻlib qolishi mumkin.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil