Kontent qismiga oʻtish

Barkgauzen effekti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Barkgauzen effekti - tashqi sharoit (mas, magnit maydoni) uzluksiz oʻzgarganida ferromagnitlar magnitlanganligining sakrasheimon oʻzgarishi. Nemis fizigi G. Barkgauzen 1919-yilda kashf qilgan. Ferromagnetiklarda har xil moddalar aralashmalari boʻlgani uchun (begona aralashmalar, dislokatsiya, qoldiq mexanik kuchlanishlar va h. k. tufayli) Barkgauzen effekti roʻy beradi, bular esa jismning magnit strukturasiga taʼsir qiladi. Bu effekt har xil tashqi sharoit (mas, temperatura, bosim va h. k.) oʻzgarishida kuzatiladi (qarang Ferromagnetizm).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil