Barkash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Barkash, mis lagan — jez yoki misdan tayyorlanadigan roʻzgʻor buyumi; doyra yoki toʻrtburchak shaklida ishlanadigan yuzi yoyiq, keng idish. Cheti (labi) yonga qayrilgan boʻladi, cheti kungurali ishlangani qoshiklik B. deb ataladi. B. yuzasi nafis naqsh mujassamoti bilan toʻldirib bezatiladi, uning naqshsiz turi ham uchraydi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil