Barimta
Barimta, baranta — koʻchmanchi qabilalarda bir uruqqa boshqa bir urugʻ tomonidan yetkazilgan zararni toʻlashga yoki tahqir qilingan tomonning izzat-nafsini qondirishga majbur etish maqsadida garov tariqasida uning mollarini qurolli yoʻl bilan haydab ketish yoki mol-mulkini bosib olish odati. Mas, qozoqlarda javobgar tomon jarima toʻlashdan bosh tortgudek boʻlsa, biylar sudi tomonidan B. haqida qaror chiqarilgan.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |