Barhan (film)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Barhan
Rejissyor(lar) Sanjar Boboyev
Ssenariynavis(lar) Vladimir Sokolov
Rollarda Valeriy Rijakov, Georgiy Petrunin, Marina Starix, Boris Tokarev, Vladimir Treshalov
Bastakor(lar) Viktor Babushkin
Studiya(lar) Oʻzbekfilm
Chiqarilgan sanasi 1989
Davomiyligi 81 min.
Mamlakat SSSR bayrogʻi SSSR

“Barhan” — Vladimir Sokolovning shu nomli hikoyasi asosida 1989-yil rejissor Sanjar Boboyev tomonidan olingan sovet filmi hisoblanadi[1].

Filmning qisqacha mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu film ikki yosh kelin-kuyovlar — Irina va Gosha Oʻrta Osiyo boʻylab yangi “Volga” avtomashinasida ketishayotgandi. Ular sahroda adashib qolib, mushkul vaziyatga tushib qoladilar. Shunda ufq tomondan yuk mashinasi koʻrinadi, lekin ular qutqaruvchilar emas, balki qamoqdan qochgan ikkita jinoyatchi boʻlishadi.

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bosh rollarda:

  • Valeriy Rijakov — me’mor Gosha, Georgiy Nikolayevich Petrunin, 
  • Marina Starix — Irina, Goshaning rafiqasi
  • Boris Tokarev — Shomil, qochoq jinoyatchi
  • Vladimir Treshalov — Petrovich, qochoq jinoyatchi

Epizodlarda:

  • Valex Kerimov
  • Artik Jalliyev — qizil “oltilik” haydovchisi
  • Djamshid Zakirov — buyurtma oluvchi (ofisiant)
  • Rano Kubayeva
  • Danuta Stolyarskaya
  • Irada Aliyeva
  • Viktor Rojdestvenskiy
  • Nurmuxan Janturin — Asqar

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]