Barguzin tizmasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Barguzin tizmasi - Sharqiy Sibir (Buryatiya)dagi tog‘ tizmasi. Baykal ko‘lining shim.-sharqiy sohilida. Granit, gneys kabi jinslardan iborat. Uz. 280 km. O‘rtacha balandligi 2000 m, eng baland joyi — 2840 m. Yon bag‘irlari tayga o‘rmonlari, yuqori qismi subalp va alp o‘tloqlari va so‘ngra tog‘ tundrasi bilan qoplangan. Barguzin tizmasi yon bag‘rida Barguzin qo‘riqxonasi, mineral buloqlar bor.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil